Barcha kuzgi manzillarda gavjum sayyohlar oqimi, biz izlagan manzillarda esa — sokinlik va yovvoyi tabiat mujassam
20-oktyabr, 2026 546 ko'rish Telegram'da ochish

Barcha kuzgi manzillarda gavjum sayyohlar oqimi, biz izlagan manzillarda esa — sokinlik va yovvoyi tabiat mujassam.
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasi yaqinidagi sirli Akjantal o‘rmonlari — kuzning eng go‘zal manzaralarini hali ham o‘zining asl holida saqlab qolgan betakror maskanlardan biri. Bugun ko‘plab mashhur sayyohlik manzillari gavjumlikdan o‘z jozibasini yo‘qotayotgan bir paytda, Akjantalda sizni butunlay boshqa muhit kutadi. Oltin-sariq ranglarga burkangan bepoyon o‘rmonlar, yovvoyi tabiat, sokin so‘qmoqlar va ufqqa tutashib ketgan tog‘lar… Eng muhimi, bu go‘zallikni katta olomonsiz, tabiatning o‘z bag‘rida his qilish mumkin. Ushbu suratlar — shanba kungi guruhimiz safaridan. 24-oktyabr, shanba kuni — Akjantal o‘rmonlariga yana bir bor boramiz!
⚠️ Trekking Uzbekistan
Bog'liq trek: Akjantal sirli o'rmonlari
Batafsil va bron